Merkel harbiy isyondan so‘ng Erdo‘g‘anga aql o‘rgatmoqda

Jahon 18:12 / 28.07.2016 13366

Turkiya hukumati, mamlakatda amalga oshirilgan harbiy isyondan keyingi siyosatida "mutanosiblik qoidasi"ga amal qilishi darkor, deya bayonot bergan GFR federal kansleri Angela Merkel.

"Har qanday huquqiy davlatda mutanosiblik qoidasi degan tushuncha bor. Meni xavotirga solayotgan narsa, ushbu qoida turli xil vaziyatda ham ijro etilishi kerak", - degan Merkel. 

Merkelga ko‘ra, ehtimol bu qoida hozirda "diqqat markazida turmayotgandir, shu bois u Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bilan shu haqda suhbatlashgan". 

“Germaniyada 3 mlnga yaqin turk diasporasi istiqomat qilayotgani e'tiborga olinsa, bu juda muhimdir”, - degan Angela Merkel. 
 

Ko‘proq yangiliklar: