"MegaFon" va Nokia Rossiyada 5G tarmoqlarini birgalikda rivojlantirishga kelishib oldilar

Fan-texnika 20:11 / 28.07.2016 4243

Rossiyaning "Megafon" uyali aloqa operatori va Nokia kompaniyasi Rossiyada 5G tarmoqlarini birgalikda rivojlantirishga kelishib oldilar. Bu haqda operatorning matbuot-bayonotida aytilgan. 

Shu munosabat bilan kompaniyalar tegishli memorandum imzolashdi.

"Kompaniyalar standartning tatbiq qilinishi va rivojlanishining texnik jihatlarini o‘rganadilar va Rossiyaning tartibga soluvchi idoralari va xalqaro tashkilotlar bilan aloqaning yangi standarti va uni tijoriy joriy qilishning ko‘rsatkichlariga texnik talablarni muhokama qilishadi", deyilmoqda xabarda.   

Shuningdek, kompaniyalar 5G tarmoqni 2018 yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionatida ishtirok etadigan stadionlarda sinovdan o‘tkazishlari mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: