Londonda yo‘qolgan mushuk 8 yildan keyin Parijda topildi

Jamiyat 22:46 / 28.07.2016 6917

Londonda yo‘qolgan Mun Yunit laqabli mushuk 8 yildan keyin Parijda topildi, deb xabar bermoqda Evening Standard.

Marna Gilligan va Shon Purdi mushukni 10 yil avval boqa boshlashgan va uni musiqachi Frank Zappaning qizi sharafiga nomlashgan. O‘shanda mushuk 5 oylik bo‘lgan. 2008 yildagi yangi yil kechasidan keyin mushuk yo‘qolib qolgan. 

Gilligan va Purdi mushukni ancha qidirishgan, biroq bundan foyda bo‘lmagan. Ular mushuk topilgani haqida elektron maktub olishganda boshida ishonishmagan. "Biz mushuk u bo‘lishi mumkin emas deb o‘yladik", deb aytmoqda Gilligan.

Mushukni Parijdagi priyut boqib olgan, uning egalari esa mikrochip orqali aniqlangan. Hozirda ajrashib ketgan Gilligan va Purdi Parijga o‘zlarining sevimli jonzotlari yoniga borishgan. Ayolning aytishicha, mushuk hech ham o‘zgarmagan, faqatgina xushfe'lroq bo‘lib qolgan. Shuningdek, u barcha tishlaridan mahrum bo‘lgan. Gilligan Mun Yunitning bolalaridan birini o‘ziga qoldirgani sababli, mushuk Purdi bilan yashaydigan bo‘ldi.

Ko‘proq yangiliklar: