Qozog‘istonda avtomobil sotib olish o‘tgan yilgiga nisbatan 60 foizga kamayib ketdi

Jahon 20:30 / 28.07.2016 5161

Qozog‘istonda avtomobilga bo‘lgan talab keskin tushib ketdi. Bu haqda Tengrinews.kz xabar beradi. Manbada aytilishicha, joriy yilning olti oyi davomida mamlakatda 3 772 dona avtomobil sotilgan. Ularning umumiy qiymati 36,6 milliard tengeni tashkil qilgan.

Sotib olingan ulovlar ichida yengil, og‘ir va yuk avtomobillari, avtobuslar ham bor. Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, avtodillerlar o‘tgan olti oy davomida 20 ming 800 dona avtomobil sotishgan. O‘tgan yilning shu vaqtida bu ko‘rsatkich 52 mingni tashkil qilgan.

Qozog‘istonliklar Kia, Lada, Hyundai, Skoda, Peugeot, JAC, Geely, Chevrolet, Toyota i SsangYong Iveco kabi avtomobillarni ko‘proq xarid qilishmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: