Qoraqalpog‘iston 2016 yilda 50 ming tonnadan ziyod qishloq xo‘jaligi mahsulotini eksport qilish rejalashtirgan

O‘zbekiston 19:38 / 28.07.2016 4389

Joriy yilning 12-16 iyul kunlari Toshkent shahrida o‘tkazilgan I Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasida qoraqalpog‘istonlik sohibkorlar 59 ming 700 tonna mahsulot yetkazib berish bo‘yicha 50 million 100 ming dollarlik shartnoma imzoladi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda. 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligidan olingan ma'lumotlarga ko‘ra, bug‘doydan bo‘shagan 28 ming 150 gektar maydonda takroriy ekin ekilgan. Xususan, 3 ming 662 gektarda sabzi, karam, sholg‘om, bodring parvarishlanayotgan bo‘lsa, 1 ming 20 gektarga yaqin poliz, 950 gektardan ziyod maydonga kartoshka ekildi. Shuningdek, kungaboqar, mosh, kunjut va sholidan jami 144 ming 852 tonna mahsulot yetishtirish rejalashtirilgan. Yetishtirilgan mahsulotning 45 ming 678 tonnasini ichki bozorda sotish, 10 ming 243 tonnasini qayta ishlash, 37 ming 321 tonnasini  qish mavsumi uchun zaxiraga g‘amlash nazarda tutilmoqda.

Joriy yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasida 51 ming 610 tonna qishloq xo‘jaligi mahsulotini eksport qilish rejalashtirilgan.

Ko‘proq yangiliklar: