Foydali maslahatlar: Ish idorasida xodim o‘zini qanday tutishi lozim?

Light 20:25 / 28.07.2016 8449

Agar siz jonajon ish idorangizda haftasiga 40 soatdan o‘tirsangiz, o‘zingizni xuddi uyda o‘tirgandek his eta boshlaysiz. Ehtiyot bo‘ling: bu qopqon! Idorada o‘zingizni qanday tutishingiz haqida maslahat beruvchi qoidalar bilan tanishing.

Bu maslahatlar rahbar va hamkasblar ko‘nglini qoldirmasligingizga yordam beradi.

Tushlikdan so‘ng idishlaringizni yuvishni unutmang. Darhol yuving. Yaxshisi lanchboksni kir holida rakovinada qoldirgandan ko‘ra tashlab yuboring.

Oyoq kiyimingizni yechmang. Oyoq kiyim almashtirish lozim bo‘lsa, boshqalardan uzoqroqda amalga oshiring. 

Boshqalarning yeguliklarig teginmang. Shirinliklardan ta'tib ko‘rish uchun albatta, ruxsat so‘rash lozim.

IT-bo‘limga chopishdan avval, kompyuterni qayta ishga tushiring.Tongda rahbarlar bilan «Salom, oshna!» deyishni o‘rniga «Assalomu aleykum» deb salomlashing.

Agarda o‘quv qurollari qutisida bor-yo‘g‘i 3 o‘ram stiker qolgan bo‘lsa, o‘larning barini o‘zingiz bilan olib ketmang. Ikkitasini hamkasblar stoliga tashlab qo‘ying.

Ish stoli  o‘tib bo‘lmas chakalakzordek emas, balki ozoda qilib o‘rib qo‘yilgan maysadek turishi kerak. 

Suv idish yaqiniga kelganingizda, hamkasbingiz yoniga kelib olishingiz shart emas. Ular bilan uzoqroqda turib suhbatlashsa ham bo‘ladi. Hech bo‘lmaganda, bir necha qadam tashlab, bir-biringiz uchun joy bo‘shating. 

Agarda barcha hamkasblar quloqchin taqib olgan bo‘lmasa, baqirib gapirish shart emas.

Lavozimi qanday bo‘lishidan qat'i nazar, barcha ishchilar bilan salomlashing. Hattoki, ularning ismini eslay olmasangiz ham. 

Yig‘ilish va majlislarda savollar uchun maxsus vaqt ajratiladi. Ana shundagina savollar berishingiz mumkin. Ma'ruzachilar so‘zini bo‘lib, gapirish yaxshi odat emas. 

Ko‘proq yangiliklar: