Yevropa ittifoqi Turkiyada makon topgan suriyalik qochoqlar uchun 1,4 milliard yevro ajratdi. Bu haqda Yevrokomissiya matbuot kotibi Mina Andreyevaga asoslanib, RIA Nonosti xabar bergan.
«Bugun Yevrokomissiya Turkiyadagi suriyalik qochoqlar uchun 1,4 milliard yevro ajratdi. Bu mablag‘ qochoqlarning hayot tarzini yaxshilash, xususan, bolalarni o‘qitish uchun ishlatiladi»,- deydi Mina xonim.
Ta'kidlash joiz, Turkiya Yevropaga oqib borayotgan qochoqlar oqimini to‘xtata olishi, lekin bu uchun Yevropa ittifoqi ularga 3 milliard yevro ajratishi kerak ekanini ta'kidlagandi. Bu kelishuvga dastlab ko‘pchilik g‘arb yetakchilari qarshilik qilgan, lekin bugunga kelib shartnoma amalda kuchga kirdi.
Shu oy so‘ngiga qadar Yevrokomissiya qochoqlarga ajratilgan ijtimoiy himoya miqdorini 2,15 milliard yevrogacha ko‘tarishni rejalashtirgan.