“Sochnaya dolina” 25 iyun kuni yoz mavsumining galdagi qimmatbaho sovrinlar egalarini aniqladi!
“Sochnaya dolina” aksiyasi g‘oliblarini qur'a tashlash orqali aniqlash marosimi bu gal Toshkent shahridagi “Artishok” kafesida bo‘lib o‘tdi. Tashkilotchilar ishtirokchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 25 iyundan 24 sentabriga qadar davom etuvchi yangi aksiyani joriy qilishdi. Ushbu aksiya “Sochnaya dolina”dan sovg‘alar fasli” deya nomlanib, uning 1-bosqichiga start berildi.
Shunday qilib, ushbu aksiyada abonentlar yo‘llashi kerak bo‘lgan promo-kodlar 63ta, eng kami minimal 1ta promo-kodlarni tashkil etib, g‘olib bo‘lgan abonentlar 9tagacha bo‘lgan promo-kodlarni faollashtirishdi.
Omad kulib boqqanlarni, ya'ni atigi 1ta promo-kodni 1965 raqamlariga yo‘llagan 29 nafar ishtirokchini ham “Sochna dolina” kompaniyasi quruq qo‘l bilan qaytarmadi.
Bitta promo-kodni yo‘llagan ishtirokchilardan biri bitta multivarka, ikki nafar ishtirkochi Artel firmasining Televizori (32’), bir nafar g‘olib ishtirokchi changyutgich, yana biri esa ventilyator sohibi bo‘ldi. Jumladan, boshqa ishtirokchilar 1 promo-kodni faollashtirib mikroto‘lqinli pech, obogrevatel, blender, elektr choynagi, mini-pech (isitish molamasi) va dazmol kabi qimmabaho sovrinlarni qo‘lga kiritishdi.
“Sochnaya dolinadan sovg‘alar fasli” promo-aksiyasida quyidagi qimmatbaho sovrinlar o‘z egalariga nasib etdi.
Televizor 32" - 3 dona
Fotoapparat - 3 dona
Planshet - 2 dona
Telefon - 5 dona
Mikroto‘lqinlik pech - 4 dona
Changyutgich - 2 dona
Multivarka - 4 dona
Ventilyator - 3 dona
Mini-pech- 10 dona
Obogrevatel - 15 dona
Dam olish kunlarida hordiq chiqarish mo‘ljallangan dam olish maskaniga yo‘llanma - 2 dona
Blender - 10 dona
Dazmol - 4 dona
Elektr choynak - 15 dona
«Sochnaya dolina» futbolakalari- 500 dona.
Quyida, “Sochnaya dolinadan sovg‘alar fasli” promo-aksiyasida 9tagacha bo‘lgan promo-kodlarni yo‘llab, turli qimmabaho esdalik sovg‘alar egasi bo‘lgan omad sohiblarining taassurotlariga sherik bo‘lamiz.
Qashqadaryo viloyati, Chiroqchi tumani, O‘zbekiston ko‘chasi 17-uyda istiqomat qiluvchi, +998xx-966-xx-21 abonenti 207080629500 promo kod sohibi bo‘lgan Akbar Amedov o‘z taassurotlarini shunday ifodaladi:
- Men avval ham boshqa kompaniyalar tomonidan tashkil etilgan aksiyalarda qatnashib turardim, ammo biror marta g‘olib bo‘lmagan edim. “Sochnaya dolina”dan sovg‘alar fasli” promo-aksiyasida besh marta promo-kodlarni yo‘llab, “Sochnaya dolina” savdo belgisi ostida ishlab chiqarilgan futbolkaga ega bo‘ldim. Bu men uchun ajoyib kutilmagan esdalik sovg‘asi bo‘ldi. Aktsiyada ishtirok etishda davom etaman. Boshqa ishtirokchilarga esa omad!
+998xx-961-xx-44 abonenti, 205996958525 promo-kod sohibi Zilola Boboyorova esa atigi 1 sharbat qutisi uchun Artel firmasining televizorini yutib olganidan xursand.
- Men Zilola Boboyorova Abdujabborovna Beshyog‘och tumani, Bunyodkor ko‘chasi, 8-uyda istiqomat qilaman. Sharbatni jiyanim uchun xarid qilib, uning iltimosiga ko‘ra promo-kodni 1965 raqamiga yo‘lladim. G‘olib bo‘lish esa xayolimga ham kelmagandi. Ammo aksiya tashkilotchilari menga qo‘ng‘iroq qilib, g‘olib bo‘lganim haqida aytishganida, hayratlandim. Qolaversa, “Sochnaya dolina” tez-tez reklama qilinadigan, ammo yutuq chiqmaydigan aksiyalardan farqli o‘laroq, ishonchli ekaniga amin bo‘ldim. Endi har kuni sharbatni iste'mol qilib, promo-kodlarni jo‘natishda davom etyapman. Boshqa ishtirokchilar ham men kabi Artel televizori sohibi bo‘lishlariga tilak bildirib qolaman.
Po‘latov Alisher Bahodirovich. Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Nurmuhammedov ko‘chasi, 42-A uyda istiqomat qiladi. U “Sochnaya dolina” qutisi eavziga uy” promo-aksiyasida ishtirok etib, changyutgich egasi bo‘ldi.
- Men o‘zimga tegishli bo‘lgan +998xx-944xx-29 raqami orqali 899048243169 promo-kodini 1965 raqamlariga yo‘lladim. Niyatim hech bo‘lmasa esdalik uchun futbolka yutib olish edi. Ammo aksiya ishtirokchilari menga qo‘ng‘iroq qilishganida men undanda qimmatbaho sovringa, ya'ni changyutgich egasiga aylanganimni aytishdi. Avvaliga, men bilan hazillashishyapti, degan xayolga bordim. Ammo rost ekan, men o‘z sovg‘amni qo‘lga kiritib, hozirgi kunda beminnat foydalanyapman. Aktsiya adolatli tarzda o‘tayotganidan esa xursandman.
- Men Gulmira Muhammedjonova Pirimqulova uy bekasiman. O‘zim Toshkent shahar, Yashnabod tumani 22-harbiy shaharcha, 42-uy, 44-xonadonda yashayman. Ochig‘i, umrimda biron-bir yutuqli aksiyada ishtirok etmagan edim. Aktsiya tashkilotchilari menga qo‘ng‘iroq qilishib, Artel firmasining mikroto‘lqinli pechi sohibi bo‘lganimni aytishganida, o‘zimni qo‘yarga joy topa olmadim. Boshqa ishtirokchilarga sharbat tanlashda adashmasliklarini, aksiya adolatli tarzda o‘tayotganligiga o‘zlari sinab ko‘rgan holda amin bo‘lishlarini ta'kidlagan bo‘lardim”, deydi aksiyaning yana bir ishtirokchisi, +998xx-350-xx-57 abonenti, 728944390463 promo kodi sohibasi Gulmira Muhammedjonova.
Kundalik hayotda faqat “Sochna dolina” sharbatini iste'mol qilishni ma'qul ko‘ruvchi Galina Rybalova esa uning xushta'm mazasidan minnatdor.
- Men Sergeli tumani, Sputnik-15 kv. 14 uyda istiqomat qilaman. Kun davomida farzandlarim va o‘zim uchun bir necha quti “Sochnaya dolina” sharbatini xarid qilaman. Chunki uning tabiiyligi, mazasi, vitaminlarga boyligi men va oilamga manzur bo‘lgan. Yaqinda o‘tkazilayotgan aksiya haqida xabar topgach, promo-kodlarni o‘sha belgilangan qisqa raqamlarga yo‘llayverdim. Buni qarangki, menga tegishli bo‘lgan 707143391899 promo-kodi omadli chiqib qoldi. Men Artel firmasining planshetiga ega bo‘ldim”, deydi +998xx-986-xx-46 abonenti sohibasi.
- “G‘olib bo‘lganimni aytishganida ishonmadim. Ammo aksiya takshilotchilari menga qay tartibda sovg‘amni olib ketishm mumkinligini tushuntirishganidan so‘ng, omad menga rostdan ham kulib boqqanligini angladim. Boshqa ishtirokchilar ham aksiyaga, o‘z omadiga ishonishlarini, men kabi qimmatbaho sovg‘alarga ega bo‘lishlarini tilab qolaman”, deya qo‘shimcha qildi u.
Guvohi bo‘lganingizdek, ko‘plab ishtirkochilar promo-aksiyaning qimmatbaho sovrinlariga ega bo‘lishgan. Toshkent shahri, TTZ-2, 59 uyda istiqomat qiluvchi +998xx-370-xx-73 abonenti sohibasi Tursunoy Artikovaga ham omad kulib, 24703361343 promo-kodi orqali Canon fotoapparatiga sazovor bo‘ldi. U ayni damda mazali va servitamin “Sochnaya dolina” sharbatini iste'mol qilishda, promo-kodlarni faollashtirishda davom etmoqda. Niyati-bundan-da qimmatbaho esdalik sovg‘alarni qo‘lga kiritish.
Sizda ham o‘z omadingizni sinab ko‘rish va g‘olib bo‘lish imkoniyati bor. Vaqtingizni qo‘ldan boy bermay maxsus stikerli “Sochnaya dolina” sharbatini xarid qiling.
Sharbatni iste'mol qilib bo‘lgach, stiker ostida yashiringan promo-kodlarni qisqa 1965 raqamlariga yo‘llang.
«Sochnaya dolinadan sovg‘alar fasli» promo-aksiyasini o‘tkazish tartibi:
Qoidalarning qisqacha bayoni:
«Sochnaya dolinadan sovg‘alar fasli» promo-aksiyasi lotoreya o‘yini hisoblanmaydi. Unda ishtirok etish uchun haq olinmaydi va o‘yin tavakkalchilikka asoslanmagan.
Demak, «Sochnaya dolinadan sovg‘alar fasli» promo-aksiyasida ishtirok etish tartibi bilan tanishing:
- "Sochnaya Dolina" 1L savdo belgisi ostidagi aksiya stikeri bo‘lgan sharbat yoki nektarni xarid qiling.
- Qutidagi promo-kod yashiringan yupqa qatlamni ehtiyotkorlik bilan o‘chiring. Ma'lum bo‘lgan promo-kodlarni qisqacha 1965 raqamiga yo‘llang yoki aksiya o‘yinlari yoritilib borilayotgan maxsus promo.intersok.uz sayti orqali faollashtiring.
- Promo-kodi faollashtirilgan sharbat qutisini esa g‘oliblar aniqlanadigan sanagacha o‘zingizda saqlang.
Qisqa raqamga yo‘llangan sms narxi 0,02 $ ni tashkil etadi.
Diqqat! O‘tkazilayotgan aksiyada faqat Ucell, Beeline hamda Perfectum abonentlarigina ishtirok eta oladi. Boshqa abonent sohiblari promo-kodlarni promo.intersok.uz sayti orqali faollashtirish imkoniyatiga ega!
Shoshiling! Sovg‘alar miqdori chegaralangan!
25 iyun sanasidan boshlangan promo-aksiya joriy yilning 24 sentabrigacha davom etib, g‘oliblar bu gal 3 bosqichda aniqlanadi.
1-bosqich g‘oliblari 25 iyul kuni aniqlanib, unda 25 iyundan 24 iyulga qadar faollashtirilgan promo-kodlar ishtirok etgan bo‘lsa,II bosqich g‘oliblarini aniqlash joriy yilning 25 avgust sanasida o‘tkaziladi.
Ushbu bosqichda 25 iyuldan 24 avgustga qadar faollashtirilgan promo-kodlar qabul qilinadi.
III bosqich g‘oliblari esa qur'a tashlash orqali 25 sentabr sanasida aniqlanadi. Unda 25 avgustdan 2016 yil, 24 sentabr kunigacha faollashtirilgan promo-kodlar qabul qilinadi.
25 iyun, soat 00:00dan boshlangan promo-kodlar aksiyasi 2016 yil 24 sentabr, soat 23:00:59gacha davom etadi.
Reklama huquqi asosida.