Bashar Asad: Suriyada ekstremistlar uchun afv etish haqiqatda amal qilmoqda

Jahon 00:43 / 28.07.2016 8013

Suriyada harakat qilayotgan qurolli guruhlarning normal hayotga qaytmoqchi bo‘lgan a'zolari uchun afv etish haqiqatda amal qilmoqda.

Bu haqda Suriya prezidenti Bashar Asad Gretsiyaning ETV kanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.  

"Haqiqatda afv etish chop etilgan va u qo‘llanish uchun ochiq", deb aytdi Asad. Uning aytishicha, ixtilofning boshidan hukumat eksremistlarga tanlov – "afv etish shartlaridan foydalanish imkoniga ega bo‘lish uchun qurolni tashlab, normal hayotga qaytish"ni taklif qilgan. "Afv etish – hali ham qo‘lida qurol ushlab turganlarga normal hayotga qaytishga yordam beruvchi munosib tanlov", deb ta'kidlab o‘tdi Asad. 

Asadning aytishicha, Suriyadagi urush unga qarshi emas, balki Suriya xalqiga qarshi olib borilmoqda.

"Suriyada terrorchilikka qarshi urushdagi g‘alaba – mening g‘alabam emas, balki Suriya xalqi g‘alabasidir, chunki urush unga qarshi olib borilmoqda", deb aytib o‘tdi Asad.

Ko‘proq yangiliklar: