AQSh telekanali Olimpiadaning ochilish marosimida jamoalarning chiqish tartibini o‘zgartirishni so‘radi

Sport 09:02 / 28.07.2016 6212

AQShning NBC telekompaniyasi 2016 yilgi Olimpiada tashkiliy qo‘mitasiga o‘yinlarning ochilish marosimida jamoalarning chiqish tartibini o‘zgartirishni so‘rab murojaat qildi. Telekompaniya televizor oldidagi tomoshabinlar auditoriyasini saqlab qolish maqsadida AQSh terma jamoasi marosimning oxirida chiqishini istamoqda va shu sababli sportchilarni portugal alifbosi tartibida emas, ingliz alifbosi tartibida chiqarishni so‘ramoqda. 

Portugal alifbosiga ko‘ra, AQShlik sportchilar marosimning boshida – Ye harfiga (Estados Unidos) chiqishlari kerak bo‘ladi.  Bu esa telekanal prognozlariga ko‘ra, o‘yinlar ochilishi kuni tomoshabinlar miqdorini kamaytirib yuboradi. Biroq Olimpiada tashkilotchilari o‘zgartirishlar kiritishni rad etishdi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi. 

NBC telekanali Olimpiadadagi musobaqalarni jonli efirda uzatishi, namoyishlarning umumiy vaqti esa rekord darajadagi 4500 soatni tashkil qilishi kutilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: