Abdulaziz Komilov IHT bosh kotibi Iyad Amin Madaniy bilan uchrashdi

O‘zbekiston 20:47 / 28.07.2016 6599

2016 yilning 28 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya Saudiya Arabistonining Jidda shahrida Islom hamkorlik tashkiloti (IHT) Bosh kotibi Iyad Amin Madaniy bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar bergan.

Uchrashuv davomida IHTga a'zo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashining Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan 43-sessiyasi dasturi, kun tartibi va boshqa amaliy masalalari yuzasidan fikr almashildi.

IHT Bosh kotibi Tashqi ishlar vazirlari kengashiga tayyorgarlik ko‘rish borasida O‘zbekiston tomonidan amalga oshirayotgan chora-tadbirlarni yuqori baholadi.

27 iyul kuni Abdulaziz Komilov Saudiya Arabistoniga tashrifi doirasida Saudiya Arabistoni Podshohligi Tashqi ishlar vaziri Odil al-Jubayr bilan muzokaralar olib borgandi.

Ko‘proq yangiliklar: