29 iyulga o‘tar kechasi yulduzlar yog‘ishini kuzatish mumkin

Jamiyat 17:46 / 28.07.2016 8585

Janubiy Delta-Akvaridaning an'anaviy iyul oyi yulduzlar yomg‘iri 29 iyulga o‘tar kechasi o‘zining eng yuqori nuqtasiga yetadi. Xalqaro Meteor tashkiloti hisob-kitoblariga ko‘ra, «yog‘ayotgan yulduzlarning soniga soatiga 20tagacha yetishi mumkin». 

«Oqimning asosi Qovg‘a yulduzlar to‘plamida joylashgan bo‘lib, u lotinchasiga «Akvarius» (Aquarius) deyiladi, Akvarida nomi ham shundan kelib chiqqan». 

Janubiy Delta-Akvaridalarning o‘tishi qisqa davrli 96/P Machholz kometsi sabab bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinadi. U, har besh yilda Quyosh atrofini bir marta aylanib chiqadi. 1986 yili Donald Makxolts tomonidan kashf etilgan kometa yadrosining diametri taxminan 6,5 km atrofida.

Xabarlarga ko‘ra, havoda bulut bo‘lmasa, shahar tashqarisidagi kengliklarda ushbu tabiat hodisasiga guvoh bo‘lish mumkin. U, yarimtunning ilk ikki soatida kuchliroq kuzatiladi.

Ko‘proq yangiliklar: