«Bolalarni maktabgacha tarbiya muassasalariga qabul qilish bo‘yicha arizalarni qabul qilish» interaktiv xizmati, faqatgina Toshkent shahri aholisi uchun taqdim etilar edi, endi esa bu xizmatdan O‘zbekistonning xohlagan nuqtasidan turib foydalanish imkoniyati yaratildi. Bu haqda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali xabar bermoqda.
Bu xizmatdan Yagona portaldan ro‘yxatdan o‘tgan va ERI (elektron raqamli imzo) ga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar foydalanishlari mumkin. Xizmatdan foydalanish uchun elektron shakldagi arizani to‘ldirish va zaruriy hujjatlar (Xizmat pasportining «Hujjatlar» bo‘limida ko‘rsatilgan) to‘plamini taqdim etish kifoya.
Yo‘llanma olish uchun taqdim etilgan ariza va hujjatlar qabul komissiyasi tomonidan 10 kun muddat ichida ko‘rib chiqiladi va qabul qilingan qaror haqida 3 kun muddat ichida arizachiga xabar beriladi. Xizmat ko‘rsatish narxi – bepul.