O‘zbekistonda 2016 yilning birinchi yarmida iqtisodiyotda o‘zlashtirilgan kapital qo‘yilmalar umumiy hajmining 23 foizdan ziyodini xorijiy investitsiya va kreditlar tashkil etdi.
Ularning hajmi o‘tgan yil shu davriga qaraganda 17,2 foiz o‘sdi va 1,8 milliard dollarni, jumladan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar 1,2 milliard dollarni tashkil qildi.
Iqtisodiyotning strategik tarmoqlarida yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun O‘zbekiston tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi hisobidan o‘zlashtirilgan mablag‘lar hajmi 6,9 foiz ko‘paydi va 240 million dollardan oshdi.
O‘zlashtirilgan kapital qo‘yilmalarning 51 foizdan ortig‘ini korxona va aholi mablag‘lari hisobidan yo‘naltirilgan investitsiyalar tashkil qildi.