Tennischi Rojyer Federer jarohati tufayli Olimpiadani va mavsumning qolgan qismini o‘tkazib yuboradi

Sport 00:12 / 27.07.2016 3027

Shveytsariyalik taniqli tennischi Rojyer Federer jarohati tufayli Rio-de-Janeyrodagi Olimpiadani va mavsumning qolgan qismini o‘tkazib yuboradi. Tennischi tizzasida o‘tkazilgan operatsiyadan keyin to‘liq tiklanib olmoqchi. Bu haqda tennischi feysbukdagi sahifasida ma'lum qildi. 

"Afsuski, men Riodagi Olimpiadada Shveytsariyani taqdim qila olmayman va mavsumning qolgan qismini o‘tkazib yuboraman. Shifokorlar bilan maslahatlashuvdan keyin 2016 yilgi mavsumni yakunlash borasida murakkab qarorni qabul qildim, chunki menga yil boshida tizzamda o‘tkazilgan operatsiyadan keyin to‘liq tiklanish uchun vaqt kerak", deb yozdi tennischi. 

Ayni vaqtda Federer Professional tennischilar uyushmasi reytingida 3-o‘rinni egallamoqda. 34 yoshli tennischi "Katta dubulg‘a" seriyasiga kiruvchi musobaqalarning 17 karra g‘olibi hisoblanadi va bu rekord ko‘rsatkichdir. Tennischining hisobida shuningdek Pekindlagi Olimpiadadagi juftlik bo‘lib o‘ynashdagi oltin medal va Londonda yakka tartibdagi kumush medal bor.

Ko‘proq yangiliklar: