AQShlik senator Berni Sanders tarafdorlari Demokratlar partiyasi qurultoyi o‘tkazilayotgan joyda norozilik uyushtirishdi, deb ma'lum qilindi qurultoy o‘tayotgan Filadelfiya shahrida.
Sandersni qo‘llab-quvvatlovchi delegatlarning katta guruhi AQSh prezidenti lavozimiga nomzod etib Xillari Klinton saylangani e'lon qilingandan keyin qurultoyni tark etdi. Delegatlar Sanders partiyada saylovlar vaqtida yakdillikni saqlab qolish uchun Klintonga ovoz berishga chaqirganiga qaramasdan norozilik bildirishmoqda.
"Bu qurultoy emas, Xillarining 4 kunlik kechasi bo‘ldi. Bizni esa u yerga taklif qilishmadi. Bizga xuddi moxovlar kabi munosabatda bo‘lishdi", deb aytdi jurnalistlarga Nyu-Jyersi shtatidan delegat Liz Maratea.
Senator tarafdorlaridan biri qurultoy delegatlarini Klintonga ovoz berishda qalloblik qilganlikda aybladi. "Biz amerika siyosatini tubdan o‘zgartiradigan voqea guvohlari bo‘ldik, deb shubhalanmoqdaman", deb aytdi u. Norozilikning boshqa ishtirokchisi "Bizda Amerikada demokratiya hali ham tirik ekanini ko‘rishning noreal orzusi bo‘lgandi. Xillari saylanmadi, saylov o‘g‘rilandi", deb aytdi. U noyabrdagi saylovlarga umuman bormasligini aytdi.
Associated Press axborot agentligining ma'lum qilishicha, Sanders tarafdorlari bilan qurultoyni qo‘riqlayotgan politsiya orasida to‘qnashuvlar yuz bergan.
Demokratik partiya qurultoyi oldidan partiya rahbariyati orasidagi yozishmalar haqida ma'lumotlarni chetga chiqib ketishi bilan bog‘liq mojaro yuz berdi. Rahbariyat Sandersdan voz kechish foydasiga Klintonni qo‘llab-quvvatladi. Shu sababli Demokratik partiya milliy qo‘mitasi raisi Debbi Vasserman-Shults iste'foga ketdi.
Bu ma'lumotlar Sandersning saylanishini qo‘llab-quvvatlagan qurultoy delegatlari orasida norozilik keltirib chiqardi.