Norvegiyada Shimoliy dengizdagi neft platformalari bo‘ylab dunyodagi birinchi kruiz sayohati tashkillashtirildi. 4 kunlik kruizda 120 sayyoh ishtirok etdi. Deyarli barcha sayyohlarni norvegiyaliklar tashkil qilgan, shuningdek Germaniya va Shvetsiyadan ham sayyohlar bo‘lgan.
Kruizning narxi 6 mingdan 30 minggacha norveg kronini (700-3500 dollar) tashkil qildi. Sayyohlar Norvegiyaning yirik shelf konlari platformalarini tomosha qildilar. Norvegiya shunday turlar evaziga neft narxining pasayishidan ko‘rilayotgan zararlarni qisman qoplamoqchi.