AQShning Massachusets shtatida politsiya feysbuk orqali Bostondagi eng katta masjidga o‘t qo‘yish va musulmonlar qarata tahdidli murojaat qilgan shaxsni qo‘lga oldi. Bu haqda CBS Boston xabar bermoqda.
Aniqlik kiritilishicha, 44 yoshli Patrik Kigan Parijdagi teraktlardan so‘ng, feysbukdagi o‘z sahifasida Boston madaniy markazidagi Islom jamoatchiligi haqida yozar ekan, shunday deydi: “Masjidlaringizga o‘t qo‘ying!”.
Bundan tashqari, u izohga ilova tarzida diniy bino yonayotgan tasvirlangan suratni ham joylashtirgan.
Kigan aynan mana shu suratni bir qancha islom jamoatchiligining feysbukdagi sahifalarida joylashtirgan.
Shuningdek, olib borilgan tekshiruvlardan shu narsa ayon bo‘ldiki, bu shaxs noqonuny yo‘l bilan qurol ham sotib olgan. Unga nisbatan bu borada ham ayblov qo‘yilgan.