Qozog‘iston Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining raqobat bo‘yicha qo‘mitasi a'zoligiga qabul qilindi, deb xabar qilgan respublika iqtisodiyot vazirligi matbuot xizmati.
"Qozog‘iston monopoliyaga qarshi kurash davlat organi IHTT raqobat qo‘mitasining a'zosi sifatida qabul qilindi. So‘nggi bosqichda, Xorvatiya va Filippin bilan kurashishga to‘g‘ri keldi", — deyiladi xabarda.
Unda ta'kidlanishicha, Qozog‘iston Markaziy Osiyo respublikalari orasida birinchi bo‘lib, ushbu tashkilotga qabul qilingan. Ovoz berish jarayoni 2016 yil 17 iyunda bo‘lib o‘tgan.