Eronda navbatdagi prezidentlik saylovlari 2017 yilning 19 may kuni bo‘lib o‘tadi. Eron IIV tomonidan ilgari surilgan ushbu taklifni tarkibida shia ruhoniylarining 12 nafar eng nufuzli vakili bo‘lgan mamlakat Kuzatuv kengashi tasdiqlagan.
"Eronda 12-prezidentlik saylovi 1396 yil, ordibexesht oyining 29-kunida (Eron taqvimi sanasi, 2017 yilning 19 may kuniga to‘g‘ri keladi) o‘tkaziladi", - deb e'lon qildi Kuzatuv kengashining rasmiy vakili Abbos Ali Kadxudoiy.
Eron Islom Respublikasining hozirgi prezidenti Hasan Ruhoniy 2013 yilning 3 avgustidan beri mamlakatga rahbarlik qilib keladi.