Eron politsiyasi birgalikda bayram nishonlayotgan 150 nafar yigit-qizni qo‘lga oldi

Jamiyat 10:28 / 27.07.2016 11178

Tehrondan uncha uzoq bo‘lmagan joyda birgalikda bayram o‘tkazayotgan deyarli 150 nafar yigit-qiz politsiya tomonidan qo‘lga olindi. Bu haqda The Daily Mail xabar bermoqda.

«Tehron provinsiyasining g‘arbida joylashgan Islomshar yaqinidagi xiyobonda yigit va qizlar birgalikda bayram qilishayotgani haqida xabar olganimizdan so‘ng maxsus operatsiya o‘tkazdik. Yosh yigit-qizlar qo‘lga olingan», — dedi polkovnik Muhsin Xancherliy.

Uning ma'lum qilishicha, tantana yaqinida noqonuniy musiqalar yozadigan studiya ham bo‘lgan. Yoshlar tug‘ilgan kun tantanasini nishonlashayotgan bo‘lgan. Xancherliyning ma'lum qilishicha, Eron huquqni muhofaza qilish organlari  axloq standartlariga rioya etilishini qattiq nazorat qiladi.

Ko‘proq yangiliklar: