Dovudo‘g‘li: Turkiya Rossiya bilan yaqinlashishi kerak va zarur

Jahon 19:55 / 27.07.2016 9474

Turkiyaning sobiq bosh vaziri Ahmad Dovuto‘g‘li rasmiy Anqaraning Moskvaga nisbatan hozirgi siyosatini to‘g‘ri yo‘l deb hisoblamoqda. U, NTV telekanalidagi chiqishida shunday fikrni bildirgan.

"Bizning Rossiya yo‘nalishi bo‘yicha siyosatimizni to‘g‘ri deb bilaman. Rossiya bilan yaqinlashish tabiiy va zarurdir", - degan sobiq bosh vazir. 

Dovuto‘g‘lining qo‘shimcha qilishicha, 2015 yil 24 noyabrda Rossiyaning Su-24 bombardimonchi samolyotining urib tushirilishi bilan yomonlashgan Turkiya-Rossiya munosabatlarini tiklashda Qozog‘iston va Ozarbayjon hukumatlari bilan maslahatlashuvlar muhim o‘rin tutgan.

Ko‘proq yangiliklar: