Bravo pharmaceuticals kompaniyasi Toshkent shahridagi Inha universiteti  talabalariga grantlar taqdim etadi

Jamiyat 16:17 / 27.07.2016 2796

2016 yilning 27 iyul kuni Hindistonning Bravo Pharmaceuticals kompaniyasi Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT) bilan tomonlar o‘rtasidagi hamkorlikning asosiy yo‘nalishlarini belgilab beradigan o‘zaro anglashuv to‘g‘risida memorandumni imzoladi.

Mazkur hujjatni IUT rektori Sherzod Shermatov va Bravo Pharmaceuticals kompaniyasi Bosh direktori Rakesh Pandey imzolashdi.

IUT va Bravo Pharmaceuticals kompaniyasi o‘rtasida imzolangan memorandum doirasida,  Bravo Pharmaceuticals kompaniyasi IUTning iqtidorli talabalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida, ularga grantlar taqdim etadi.

Grantlar dasturi doirasida, Bravo Pharmaceuticals kompaniyasi har yili 5 nafar iqtidorli talabalarga to‘rt akademik yil davomida grantlar taqdim etadi. Qayd etamiz, Bravo Pharmaceuticals kompaniyasi vakillari kirish imtihonidagi natijalarga asoslanib, birinchi bosqich talabalari orasidan tanlab olinadi.

Memorandum doirasida Bravo Pharmaceuticals kompaniyasi IUT talabalarini Bravo Exchange dasturi doirasida teletibbiyot va tibbiyot innovatsiyalari sohasida tajriba va bilim orttirish maqsadida xorijdagi korxona va ilmiy-tekshirish markazlariga yuborishga ham tayyor ekanligini bildirdi. Tomonlar, shuningdek, IUTning o‘qituvchi-professorlar tarkibi malakasini oshirish dasturini ham tatbiq etib, ularning malakasini oshirish uchun xorijga ham yuborishni rejalashtirishmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: