Bill Klinton respublikachilarni rafiqasini mazax qilishda aybladi

Jahon 12:30 / 27.07.2016 5064

AQShning Respublikachilar partiyasi amerikalik saylovchilarning fikrini  qasddan o‘zgartirmoqda. Ular, Hillari Klintonning masxarali obrazini shakllantirishga urinishmoqda. AQShning sobiq prezidenti Bill Klintonning Demokratik partiya umummilliy s'yezdida qilgan chiqishining asosiy mazmuni shundan iborat bo‘ldi

Qo‘shma Shtatlarning 42-prezidenti, partiyaning Filadelfiya shahrida bo‘lib o‘tayotgan yirik anjumanida o‘zining ajoyib notiq ekanini yana bir karra isbotlay oldi. U turmush o‘rtog‘i, rafiqasi Hillarining xislatlari, yutuqlarini chiroyli uslubda yoritib berdi. 

Bill Klintonning vatandoshlariga va'da berishicha, ular noyabr oyidagi saylovda Hillari uchun ovoz bersa, xato qilmaydi. 

"U bizni yanada kuchliroq va jips qiladi", - deydi Oq uyning sobiq rahbari. Uning so‘zlariga ko‘ra, Hillari "har doim yaxshilik tomon o‘zgarishlarni amalga oshira olgan".

Bill Klintonning fikricha, respublikachilar saylovchilar ongida Hillarining "masxaraomuz muqobili"ni hosil qilishga urinishmoqda. Shunga ko‘ra, saylovchilarning "o‘zlari kimga ovoz berishlarini hal qilishlari kerak".

Ko‘proq yangiliklar: