Sud-tibbiyot ekspertlari Iroq poytaxtida 3 iyul kuni sodir etilgan teraktlar tufayli halok bo‘lgan 292 kishidan 34 nafarining shaxsini aniqladi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbari Odil Hamud Husayn ma'lum qilgan.
"Sud-tibbiyot departamenti xodimlari Al-Karrada tumanidagi portlash tufayli halok bo‘lganlardan 34 nafarining shaxsini aniqladi. Qurbonlarning qarindoshlari DNK ma'lumotlari olingan", degan u.
3 iyulga o‘tar kechasi Al-Karrada tumanidagi gavjum savdo ko‘chasida ro‘y bergan birinchi portlashda 172 kishi kishi halok bo‘ldi, 133 kishi jarohatlandi. Ikkinchi bomba Sha'b tumanidagi ochiq bozorda sodir etildi va unda 100dan ortiq kishi halok bo‘ldi.
Hujum uchun javobgarlikni zimmasiga olgan IShID bundan ko‘zda tutilgan maqsad Karrada va Sha'b kabi shialar istiqomat qiladigan tumanlar ekanligini ma'lum qildi.