Anqara shahrining markaziy maydoni qayta nomlanadi

Jahon 09:58 / 27.07.2016 5463

Anqara shahri ma'muriyati shaharning markaziy maydoni Qiziloyni, davlat to‘ntarishiga urinishning bostirilishi sharafiga qayta nomlaydi, deya ma'lum qildi shahar hokimi Melix Gekchek. Bu haqda, Anadolu agentligi xabar qilmoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, «bu maydon 15 iyul Demokratiyasi maydoni», deb ataladi. 

Gekchek shuningdek, Turkiya qurolli kuchlari Bosh shtabi oldidagi maydonning ham qayta nomlanishini bildirgan. U, “15 iyul shahidlari maydoni” deyiladi. Chunki, bu maydonda 16 iyulga o‘tar kechasi amalga oshirilgan harbiy isyon vaqtida ko‘plab fuqarolar qurbon bo‘lgan. 

Avvalroq, Istanbuldagi Bosfor bo‘g‘ozi ustidan o‘tuvchi ko‘prik ham davlat to‘ntarishiga qarshi kurashda halok bo‘lganlar xotirasiga qayta nomlanishi haqida xabar qilingan edi.

Ko‘proq yangiliklar: