Portugaliyalik yarim himoyachi Andre Gomesh rasman «Barselona» a'zosiga aylandi.
22 yoshli futbolchi kataloniyaliklar klubi bilan 5 yillik shartnoma tuzgan.
«Ajoyib klubga o‘tganimdan xursandman. Umid qilamanki, bu yerda meni yorqin voqealar kutmoqda. Men baxtliman va to‘g‘ri qaror qabul qildim deb hisoblayman. Kundan-kunga o‘yinimni yaxshilab borishga, klubga foydam tegishiga umid qilaman. Doim qunt bilan ishlayman va jamoadoshlarimga ko‘mak beraman. «Barselona»ning maqsadi – barcha sovrinlarni yutib olish, bundan boshqacha bo‘lishi mumkin emas. Umid qilamanki, bu maqsadga erishamiz» - dedi Andre Gomesh.
Bundan oldingi xabarlarda, «Barselona» «Valensiya»ga Gomesh uchun 35 million yevro naqd to‘lagani, yana 20 million yevro bonuslar sifatida berilishi aytilgandi. Shuningdek, futbolchi «Oltin to‘p» mukofotini qo‘lga kiritsa, valensiyaliklar qo‘shimcha 15 million yevro olishadi.
Manba: Tribuna.uz