Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK hamda Rossiyaning S7 Airlines aviakompaniyasi kod-shering bitimini imzolashdi

“O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK va Rossiyaning S7 Airlines aviakompaniyasi hamkorlikdagi reyslarni amalga oshirishni ko‘zda tutuvchi kod-shering bitimini imzolashdi. Bu haqida UzDaily xabar qildi.
Rossiya aviakompaniyasining ma'lumotlariga ko‘ra, mazkur bitim Novosibirsk va Toshkent o‘rtasidagi parvozlar chastotasini oshirish imkonini beradi. Har haftaning yakshanba kunlarida S7 Airlines ikki shahar o‘rtasidagi reyslarini amalga oshiradi. Endilikda esa aviakompaniya jadvaliga yana ikkita reys qo‘shildi – bundan buyon dushanba va payshanba kunlari ham reyslar amalga oshiriladigan bo‘ldi.
Bundan tashqari, Novosibirskdagi S7 Airlines yo‘lovchilari O‘zbekistonning aholi soniga ko‘ra uchinchi o‘rinda turuvchi Namangan shahriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reys orqali yo‘l olish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Parvozlar har dushanba kuni “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAKning Airbus A320 samolyotida amalga oshiriladi. Novosibirskning Tolmachyovo aeroportidan uchish vaqti - 16:30, Namangan aeroportidan esa - mahalliy vaqt bilan soat 10:20da.
S7 Airlines’ning boshqa shaharlardan keluvchi yo‘lovchilari Toshkent va Namanganga Novosibirsk aeroportidan yo‘l olishlari mumkin bo‘ladi. Bunday yo‘nalishga yagona aviachipta rasmiylashtiradi.
O‘z navbatida, “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK kodi S7 Airlines’ning Novosibirsk — Toshkent va Novosibirsk — Farg‘ona reyslarida paydo bo‘ladi. O‘zbekistonlik yo‘lovchilar nafaqat Novosibirskka uchib borishlari mumkin, balki Tolmachyovo aeroportida Rossiyaning boshqa shaharlariga hamda xorijiy shaharlarga ham yo‘l olishlari mumkin bo‘ladi.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ikkinchi mutaxassislikka qabul boshlandi
O‘zbekiston | 23:51 / 10.07.2025
-
Toshkentda suv quvuri kuchli bosim ostida yorilib ketdi, o‘zbekistonliklar tomonidan Shengen vizasi uchun topshirilgan arizalar soni oshdi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:48 / 10.07.2025
-
Zelenskiy Ukrainaning AQShdagi elchisini almashtirmoqchi ekanini tasdiqladi
Jahon | 23:42 / 10.07.2025
-
Rossiyalik fermerlar hosilni yig‘ish uchun migrantlar yetishmayotganidan shikoyat qildi
Jahon | 23:17 / 10.07.2025
Mavzuga oid

19:07 / 07.06.2025
Shavkat Mirziyoyev xalqaro investorlarni qabul qildi

16:59 / 08.04.2025
Polsha biznes-missiyasi UzFood 2025 xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etdi

22:49 / 12.03.2025
Farg‘ona aeroportida Rossiya samolyotining g‘ildiragi chiqib ketdi

17:03 / 20.01.2025