“Uyda yolg‘iz” filmidagi yovuz Marv roli ijrochisi 26 yil o‘tib, o‘zining afsonaviy qichqirig‘ini takrorladi

Jamiyat 17:30 / 26.07.2016 13875

“Uyda yolg‘iz” filmidagi yovuz Marv roli orqali tanilgan aktyor Deniyel Stern o‘z uyida o‘rgimchakni ko‘rib, o‘zining afsonaviy qichqirig‘ini takrorladi. Bu haqida Hollywood Reporter nashri ma'lum qildi

“Dam olish kunida meni eski “do‘stim” yo‘qladi”, - deya izoh berdi Stern. 

Aktyor o‘rgimchak solingan chelakni qog‘oz bilan yopib, uni to‘ntarib qo‘ydi. 

“Keling, endi uning ichiga nazar solamiz”, - deydi u kameraga katta o‘rgimchakni ko‘rsatib. “Xuddi kinodagidek, shunday emasmi?”, - deya kuldi Stern o‘ziga xos bo‘lgan dahshatli qichqiriq bilan. 

“Uyda yolg‘iz” filmidagi tarantul sahnasi haqiqiy bo‘lgan, bu qichqiriq studiyada yozilmagan. 

“Men film ijodkorlaridan “qichqirig‘im tarantulni cho‘chitib yubormaydimi” deya so‘raganimda, ular menga o‘rgimchaklarning eshitmasligini aytishdi. Men bu filmga juda sodiq bo‘lganman va har bir ijroimning haqqoniy chiqishini istaganman”, - deydi aktyor.

Ko‘proq yangiliklar: