Turkiyada Diniy ishlar idorasining kamida 620 nafar xodimi davlat to‘ntarishiga urinishga aloqadorlikda gumon qilinib, ishdan olingan. Bu haqda TNT xabar tarqatdi.
Ma'lum qilinishicha, bu kishilar Fathulloh Gulenga aloqadorligi aniqlangan. Bundan oldinroq, idoraning xorijdagi 492 nafar xodimi lavozimidan chetlatilgandi va endi ishdan ayrilgan ulamolar soni 1112 nafarni tashkil qilmoqda.
16 iyulga o‘tar kechasi Turkiyaning Anqara va Istanbul shaharlarida harbiylar davlat to‘ntarishiga urinishni amalga oshirishdi. 16 iyul tongida isyon bostirildi.
Tartibsizliklar vaqtida tinch aholi vakillaridan 246 kishi halok bo‘lgan va 2 mingdan ortiq kishi jarohatlangan. Halok bo‘lgan va jarohatlangan isyonchilarning hisobi keltirilmagan.