Rossiyaning Su-24 harbiy samolyotiga qilingan hujum Turkiyada qayta tergov qilinadi. Bu haqda Turkiya energetika va tabiiy zaxiralar vaziri Berat Albayrak ma'lum qildi. Hujum oqibatida samolyot uchuvchisi Oleg Peshkov halok bo‘lgandi.
"O‘ylaymanki, Rossiya samolyoti bilan yuz bergan voqea qayta tergov qilinadi", deb aytdi u.
Uning ta'kidlashicha, qayta tergov Turkiyaning Uluderga 2011 yilda bergan aviazarbasiga ham taalluqli bo‘lishi mumkin. O‘shanda aviazarba oqibatida 34 nafar kishi halok bo‘lgandi.
Avvalroq Turkiya hukumati Su-24’ni urib tushirgan uchuvchi mustaqil qaror qabul qilganini ma'lum qilgandi.