Turin politexnika universiteti abituriyenti ilk marta maksimal 100 ball to‘pladi

Jamiyat 16:44 / 26.07.2016 6037

Toshkentdagi Turin politexnika universiteti abituriyentlaridan biri Hamidjon Egamov kirish imtihonlarida maksimal 100 ball to‘plashga muvaffaq bo‘ldi. Bu mazkur o‘quv dargohida qayd etilgan birinchi holat. Bu haqida Gazeta.uz xabar berdi

Test sinovlari 27 iyun kuniAndijonda (Farg‘ona vodiysi abiturentlari uchun) va 11-12 iyul kunlari Toshkentda (boshqa hududlarda yashovchi abituriyentlar uchun) bo‘lib o‘tdi. Qabul bo‘limiga  1033 kishi hujjat topshirishdi. Bir o‘ringa 2,9 kishi da'vogarlik qildi. (Taqqoslash uchun o‘tgan yili bir o‘ringa 2,7 kishi talabgor bo‘lgan).

Test sinovlarining o‘tkazilishini nazorat qilish 8 kishidan iborat Italiya vakillari zimmasiga yuklatildi. 

Toshkentdagi Turin politexnika universiteti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 27 apreldagi farmoni asosida ta'sis etilgan. Shu yilning o‘zida u ilk talabalarini qabul qilgan. 2013 yilda oliy o‘quv yurtida magistratura bo‘limi ochilgan.  

Ko‘proq yangiliklar: