Sirdaryo viloyat Kengashining navbatdagi VII Konferentsiyasi o‘tkazildi

Jamiyat 20:44 / 26.07.2016 14934

Joriy yilning 26 iyul kuni Sirdaryo viloyati Guliston shahrida joylashgan Yoshlar markazining katta majlislar zalida “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Sirdaryo viloyat Kengashining navbatdagi VII Konferentsiyasi o‘tkazildi.

Konferentsiyaga harakatning Sirdaryo viloyat Kengashi a'zolari, mahalliy Kengashlar Konferentsiyalarida saylangan delegatlar, viloyatning faol va yutuqqa erishgan yoshlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari tashrif buyurishdi.

Mehmonlarni viloyatimizning “Yevraazia” orkestr jamoasi jo‘shqin musiqa sadolari ostida qarshi oldi.

Tumanlardan tashrif buyurgan faol va iqtidorli yoshlar o‘z ko‘rgazmalari bilan ishtirok etishmoqda. Shu jumladan, Elbek Qosimov ham Guliston tumanidan tashrif buyurib, o‘zining yog'och o‘ymakorlik san'ati bilan mehmonlarni tanishtirdi.

“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Ustaviga asosan Harakatning tuman, shahar Kengashlarining VII hisobot-saylov konferensiyalari joriy yilning iyun-iyul oylari davomida o‘tkazilib kelinmoqda. Ushbu konferensiya Sirdaryo viloyatida ham qizg'in jarayonlar bilan davom etmoqda.

Sirdaryo viloyati VII Konferentsiyasi uchun 4 nafar hay'at a'zolari tayinlandi. Mazkur konferensiyada 155 nafar delegatlar hamda faol yoshlar ishtirok etishmoqda. Ular ochiq va erkin tarzda ovoz berishdi.

Konferentsiyada Kengash raisi Laziz Ahmedov so‘zga chiqib, 2,5 yillik faoliyati yuzasidan o‘z hisobotini bayon etdi. Ular taqdim etgan videolavhada aks etgan viloyat Kengashining o‘tgan davrdagi qizg'in faoliyati hamda ilmga chanqoq yoshlarimizning shijoati va erishayotgan yutuqlari alohida ta'kidlab o‘tildi. Ushbu videolavha butun auditoriyaning diqqatini tortib, guldiroz qarsagiga sazovor bo‘ldi.

Konferentsiya davomida Sirdaryo viloyati hokimi Ashurmatov Oybek Shodmonqulovich so‘zga chiqib: “Sirdaryo yoshlari yildan-yilga faol, ilg'or, har sohaning yetuk mutaxasissi bo‘lib yetishmoqdaki, buning negizida “Kamolot”ning o‘rni bo‘lakcha”, ekanligini aytib o‘tdilar.

Shuningdek, taklif so‘ziga Guliston Davlat Universiteti talabasi, sportning Sinxron suzish bo‘yicha Osiyo chempioni Sevara Qo‘zibekova so‘zga chiqib, taklif sifatida “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati doirasida suv sporti bo‘yicha musobaqa tashkil etish” loyihasini kiritdi va so‘zi davomida mustaqil Vatanning munchoq farzandi ekanidan, o‘zbek bayrog'ini, madhiyasini yuksaklarga ko‘tarayotgan, faol yoshlar qatorida ekanidan faxrlanishini bayon etdi.

Konferentsiya kun tartibidagi masalalar ko‘rib chiqilgandan so‘ng, Kengash raisi va o‘rinbosarlari lavozimiga nomzodlarni saylash vaqti yetib keldi.

Harakatning Sirdaryo viloyat Kengashi raisi lavozimiga Axmedov Laziz Ne'matovich delegatlar tomonidan bir ovozdan ma'qullandi va qayta saylandi.

Shu jumladan Kengash raisi o‘rinbosari nomzodiga Botirov Ixtiyor va “Kamalak” bolalar tashkiloti raisi va rais o‘rinbosari nomzodiga Nargiza Xolboyevalar tavsiya etildi hamda delegatlar tomonidan saylandi. Konferentsiya so‘ngida harakat faoliyatiga ko‘mak bergan hamkor tashkilotlar tashakkurnoma va estalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi. Konferentsiya o‘z ishini yakunladi.

Ko‘proq yangiliklar: