Samarqand va Termiz issiq havo darajasi bo‘yicha o‘z rekordlarini yangiladi

O‘zbekiston 20:23 / 26.07.2016 18480

Samarqand shahrida 25 iyul, dushanba kuni havo harorati +39,4 darajagacha ko‘tarildi, deya xabar bermoqda «O‘zgidromet» markazi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, bu Samarqand shahrida 25 iyul kuni bo‘yicha ob-havo kuzatuvlari tarixidagi eng yuqori haroratdir.

Shaharda bundan avvalgi eng issiq 1962 yilning aynan shu kunida kuzatilgan bo‘lib, o‘shanda harorat +37,9 darajagacha ko‘tarilgan.

Surxondaryo viloyati ma'muriy markazi Termizda ham shahar tarixidagi eng issiq 25 iyul qayd etildi. Aynan shu kuni havo harorati +44,1 darajagacha ko‘tarildi. Bu 1983 yilda o‘rnatilgan +43,3 darajali rekordni yangiladi.

Ko‘proq yangiliklar: