Ozarbayjonning Shirvon shahridagi qurol zavodlaridan birida kuchli portlash ro‘y bergan va yong‘in boshlangan. Bu haqda RIA Novosti o‘z manbasiga asoslangan holda xabar tarqatgan.
Bu zavod mamlakat Mudofaa vazirligiga tegishli ekani aytilmoqda.
Bino ichida odamlar bor bo‘lishi mumkin. Hozircha hodisaning tafsilotlari ma'lum emas.
Ko‘plab kishilar jarohat olgan bo‘lishi mumkin.
Hududga o‘t o‘chirish xizmatlari yetib kelgan.