OAV: Yevropol YeIda yuzlab terrorchilar mavjudligidan ogohlantirmoqda

Jahon 14:55 / 26.07.2016 5769

YeIning politsiya xizmati, ayni vaqtda tashkilot hududida bir necha yuz nafar haqiqiy terrorchilar borligini taxmin qilmoqda, deb yozadi Germaniyaning Neue Zürcher Zeitung gazetasi Yevropol vakili so‘zlariga asoslangan holda

Gap, Suriya va Iroqda IShID safida jang qilib qaytgan jangarilar haqida bormoqda, deya mavzuga oydinlik kiritadi nashr. Umuman, Yevropol 5 mingga yaqin shunday “xorijlik jangarilar”ni hisoblab chiqqan. Ularning uchdan biri, ya'ni 1500-1800 nafari, terrorchilar safida bo‘lib, YeIga qaytib kelgan. 

"Ularning aksariyatida albatta, terrorchilikni amalga oshirish niyati ham, imkoniyati ham yo‘q. Shunday bo‘lsa-da, Yevropa xavfsizligiga rahna solayotgan yuzlab terrorchilar bor", - deb qayd etgan YeI politsiya xizmatida. 

Shunga ko‘ra, Yevropol turli mamlakatlar huquq-tartibot idoralari bilan jiddiy hamkorlik qilish niyatida.

Ko‘proq yangiliklar: