Qozog‘istonda shakar yetishmovchiligi kuzatilmoqda. Bu haqda mahalliy muxbirlariga asoslanib TASS xabar bermoqda.
Ayni vaqtda mamlakatda shakar narxi odatdagidan 25 foizga oshib ketdi. Internet tarmog‘ida Ko‘kshetau shahridagi supermarketlardan birida odamlarning 25 kilogrammli shakar qopini talashayotgani tasvirlangan video tarqaldi.
«Har kuni ertalab shunday holat takrorlanadi. Bizga shakar narxi arzon bo‘lgani uchun ko‘p odam keladi (260 tenge - 0,75 dollar)»,- deydi supermarket sotuvchisi. Uning ta'kidlashicha, boshqa joylarda shakar 450 tenge (1,3 dollar)dan sotilmoqda. Ba'zi shaharlarda bir kishiga 10 kilogrammdan ortiq shakar sotish ta'qiqlandi.
Qozog‘iston hukumati bu boradagi muammoni hal qilishga harakat qilmoqda. Milliy iqtisodiyot vazirligi vakillari yirik shakar importchilari bilan uchrashgan va yuzaga kelayotgan muammolarni birgalikda hal qilishga kelishib olgan.
Biroq odamlar shakar yana erkin sotilishi va uning narxi pasayishi haqidagi va'dalarga qaramay, uylariga qop-qop shakar tashishmoqda, xuddi total difitsit vaqtidagidek, deyiladi manbada.