Istanbulning sobiq hokimi Turkiyadagi harbiy isyon ishi bo‘yicha ushlandi

Jahon 16:25 / 26.07.2016 5538

Istanbul shahrining sobiq meri Husayn Avni Mutlu davlat to‘ntarishiga urinishga oid jinoiy ish doirasida hibsga olindi, deb xabar qilmoda Hurriyet gazetasi.

Sobiq hokim o‘z uyida qo‘lga olingan, shahar politsiyasi uning uyida tintuv o‘tkazgan. 

Mutlu 2013 yili hukumatga qarshi G‘oziy parkida tashkil etilgan norozilik namoyishlari vaqtida Istanbul ma'muriyatiga rahbarlik qilgan.

Ko‘proq yangiliklar: