Isroil aviatsiyasi Suriyaning chegaradosh hududiga aviazarba berdi. Zarba berilgan hududdan Golan tepaliklarining Isroil tomonidan nazorat qilinuvchi qismiga o‘t ochilgan. Bu haqda Isroil armiyasi matbuot xizmati ma'lum qildi.
Suriya hududidan minomyotdan o‘qqa tutish qurbonlarsiz o‘tdi. Harbiylarning fikricha, avvallari yuz bergan ko‘pchilik bunday holatlardagidek kabi Suriyadagi o‘zaro janglar davomida snaryadlar tasodifan Isroil tomonga uchib o‘tgan.
"Suriyadan yoppasiga o‘t ochishga Golan tepaliklarining markaziy qismidagi chegaraoldi to‘sig‘i yaqinidagi bo‘sh yer uchradi. Bunga javoban harbiy-havo kuchlari Suriyadagi o‘t ochish manbasiga hujum qildi", deb ma'lum qildi Isroil mudofaa armiyasi matbuot xizmati rahbarlaridan biri Piter Lerner.
Isroil harbiylarining ma'lumotlariga ko‘ra, Suriya va Isroilning 80 km lik chegarasida Suriya hukumat qo‘shinlaridan tashqari, 50 ga yaqin turli guruhlar, jumladan IShID va "Jibhat an-Nusra" jangarilari mavjud.