Iroqning mamlakatda IShID jangarilari faollashgandan keyin ko‘rgan zarari 23 mlrd dollarga yetdi. Bu haqda Iroq qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi maslahatchisi Ibrohim ash-Shuk ma'lum qildi.
Uning aytishicha, "IShID Iroqda katta miqyosdagi jangovor harakatlarni boshlagan 2014 yildan beri ko‘rilgan zarar 23 mlrd dollarni tashkil qilmoqda". Ash-Shukning ta'kidlashicha, jangarilar o‘zi nazorat qiladigan hududlarni cho‘lu-biyobonlarga aylantirmoqda, jamoatchilik va xususiy binolarini vayron qilmoqda, madaniyat yodgorliklarini tunamoqda va arxeologik majmualarga tegishli noyob asori-atiqalarni mamlakat tashqarisiga sotmoqda.
Ash-Shukning aytishicha, IShIDning harakatlari tufayli Iroqda ichki ko‘chirilgan odamlar soni muntazam ko‘paymoqda, hozirda ularning soni 3,6 mln dan ko‘proqni tashkil qilmoqda. Ash-Shuk jangarilar qo‘lida hanuzgacha 3,2 ming nafar kurd-yezid asirda qolayotganini aytdi. Ularning aksariyatini ayollar va bolalar tashkil qiladi.