FIFA prezidenti Janni Infantino Nigeriyadagi tashrifi davomida qilgan chiqishida JCh-2026 ishtirokchilari soni 40taga yetkazilishi haqida gapirdi.
«O‘ylaymanki, JCh-2026 turnirida 40ta terma jamoa ishtirok etadi, 8ta qo‘shimcha o‘rin ichida Afrika qit'asi uchun 2ta joy ajratiladi» - degan Infantino.
Bugungi kunda jahon chempionati final bosqichida 32ta terma jamoa 8ta guruhga bo‘linib ishtirok etadi, shundan 5ta o‘rin Afrika qit'asi vakillari uchun berilgan.
JCh-2026 ishtirokchilari soni bo‘yicha yakuniy qaror oktabr oyida qabul qilinadi.
Manba: Tribuna.uz