Hindistonda 309 yo‘lovchini olib uchayotgan samolyot bortdagi tutun tufayli majburiy qo‘nishni amalga oshirdi

Jahon 17:40 / 26.07.2016 4034

BAAdan Maldivga reysni amalga oshirgan samolyot Hindistonning Mumbay shahrida majburiy qo‘nishni amalga oshirdi. Hindistondagi nashrlar xabariga ko‘ra, bunga samolyot bortida tutun chiqqani sabab bo‘lgan.

Emirates Airlines kompaniyasining Boeing 777 rusumli bu samolyotida 309 nafar yo‘lovchi bo‘lgan.

Qo‘nishdan keyin yo‘lovchilar evakuatsiya qilingan.

Hodisa sababi aniqlanmagan.

Xabar qilinishicha, hodisa haqidagi xabardan keyin yerda har qanday vaziyatga tayyor turish bo‘yicha harakatlar boshlangan.

Ko‘proq yangiliklar: