Xitoyning kiberhudud bo‘yicha ma'muriyati bir nechta yirik veb-portallarga (Sina Corp., Tencent Holdings, Sohu.com, NetEase Inc. va boshqalarga) original yangilik yozishni taqiqlab qo‘ydi, deb xabar bermoqda Bloomberg.
Ma'muriyat bayonotida aytilishicha, eslatib o‘tilgan internet-kompaniyalar "katta salbiy oqibatlarga" olib kelgan ko‘p miqdorda original yangilik joylashtirib, internetni tartibga solishning mahalliy me'yorlarini "jiddiy buzganlar".
Endi internet-OAVga davlatga bog‘liq bo‘lgan Xitoy OAV joylashtirgan xabarlarni chop etishga ruxsat berilmoqda. Me'yorlarga amal qilmagan media-kompaniyalarga katta jarima solinadi.
Endi ularga siyosat, iqtisodiyot va jamiyat haqidagi dolzarb yangiliklarni chop etish taqiqlandi.
Bu Xitoyda internet-OAVga nisbatan qo‘llanayotgan birinchi cheklovchi chora emas. Iyul boshida mahalliy onlayn-OAVga ijtimoiy tarmoqlardan olingan axborot asosidagi yangiliklarni chop etish taqiqlab qo‘yilgandi.