Ispaniyada Yevropada birinchi marta mikrotsefaliya bilan tug‘ilgan bola qayd qilindi. Bolaning onasi homiladorlik paytida Zika bezgagiga chalingan bo‘lgan. Bu haqida VVS xabar berdi.
Mikrotsefaliya tashxisi bolaga homiladorlikning erta bosqichida qo‘yilgan, biroq uning ota-onasi bolani saqlab qolishga qaror qilishgan.
Qator mamlakatlar, jumladan, AQSh va Braziliya olimlari Zika virusining homila rivojlanishida turli to‘siqlar paydo qilishini taxmin qilishgan edi. Bu esa o‘z o‘rnida mikrotsefaliya - bosh suyagi hajmining sezilarli darajada kichrayishi natijasidagi esi pastlik, ko‘rish va eshitish bilan bog‘liq muammolarning yuzaga kelishiga olib kelishi mumkinligi ma'lum qilingan.
Zika bezgagi epidemiyasi ro‘y bergan Braziliyada homiladorlik davrida u bilan kasallanish natijasida yuzlab mikrotsefaliya holatlari qayd qilingan.