Rossiya va Turkiya munosabatlar iliqlashganini isbotlaydigan navbatdagi qadamni tashlashga yaqin turibdi.
Rossiya Energetika vazirining ta'kidlashicha, Rossiya yana Turkiya orqali gaz sotishni davom ettiradi. Rossiya harbiy samolyotining turklar tomonidan urib tushirilgani sabab mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlar yomonlashgan va Turkiya orqali o‘tadigan yo‘lning janunbiy qismi yopib qo‘yilgandi. Bu yo‘l orqali ruslar Vengriya, Serbiya va Bolgariyaga gaz sotishardi.
Endi Rossiya yana Turkiya orqali gaz savdolarini davom ettirishi mumkin.