Yaponiyadagi pichoqli qotil barcha nogironlarni o‘ldirmoqchi bo‘lgan

Jamiyat 11:54 / 26.07.2016 5395

Yaponiyaning Kanagava prefekturasidagi nogironlar pansionatiga pichoq bilan hujum qilgan erkak, imkoniyati chelangan kishilarni o‘ldirish istagi borligini aytganidan keyin, shu yilning fevral oyida shifoxonaga yotqizilgan edi, deb xabar qilmoqda Reuters agentligi.

Politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, gumondor Satoshi Uyematsu, hukumatdan nogironlarni o‘ldirishi uchun unga izn berilishini so‘ramoqchi bo‘lgan. U, shuningdek, agar unda shunay imkoniyat paydo bo‘lsa, imkon qadar ko‘proq nogironni gumdon qilishini ta'kidlagan.

Mart oyida uning ahvoli yaxshilangani xususida xulosa qilgan shifokorlar unga javob berishgan. 

Tokio g‘arbidagi Sagamixara shahrida pichoq bilan qurollangan erkak nogironlar uyiga hujum qilishi oqibatida 19 kishi halok bo‘lgan.

Ko‘proq yangiliklar: