AQShning Gulenni Turkiyaga topshirilishi bo‘yicha pozitsiyasi Turkiya bilan munosabatlari taqdirini hal qiladi

Jahon 22:25 / 26.07.2016 11257

AQShning Anqara Turkiyada davlat to‘ntaruviga urinishni tashkillashtirishda ayblayotgan muxolif imom Fathulla Gulenning Turkiyaga topshirilishi bo‘yicha pozitsiyasi turk-amerika munosabatlarining kelajagini belgilaydi, deb aytdi Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlut Chovusho‘g‘lu. 

"Gulen va uning terrorchilik tashkilotiga ko‘rsatilgan istalgan ko‘mak Turkiya va AQSh hamkorligi ruhiga to‘g‘ri kelmaydi. AQShning bu hayotiy muhim masala bo‘yicha pozitsiyasi ikki strategik ittifoqdoshlar munosabatlarining kelajagini belgilaydi. AQSh hukumatidan NATO bo‘yicha ittifoqdoshi bo‘lgan Turkiya bilan hamjihatligini, Gulen tashkiloti faoliyatining AQShda taqiqlanishi va uning o‘zini Turkiyaga topshirilishini kutib qolamiz", deb yozdi vazir Al Jazeera International gazetasida chop etilgan maqolasida.

Chovusho‘g‘luning aytishicha, turk xalqi AQSh Gulenni yashirayotganidan achchiqlanmoqda. Chovusho‘g‘luning ta'kidlashicha, Gulen tashkiloti AQShdagi xususiy maktablar faoliyatidan olingan moliyaviy vositalardan foydalanib, Turkiyaning parchalanishiga qaratilgan harakatlarni moliyalashtirishda davom etmoqda, shuning uchun Gulenning faoliyati Turkiya konstitutsion tartibiga xavf hisoblanadi.

Avvalroq Turkiya Gulenni mamlakatdagi davlat to‘ntaruviga urinishga aloqadorlikda ayblagandi va AQShdan uning ekstraditsiya qilinishini talab qilgan. Gulenning o‘zi to‘ntaruvga urinishni qoralab chiqqan va unga aloqasi yo‘qligini aytgan. Gulen shuningdek Turkiyaga topshirilishidan qo‘rqmasligini aytgan.

Ko‘proq yangiliklar: