AQShda, mamlakat tarixidagi eng qimmat aviatashuvchi kema hisoblanuvchi CVN-78 «Jyerald R. Ford» jangovar safga qabul qilinmadi, deb xabar qilmoqda CNN telekanali Pentagon sinovlar va baholash boshqarmasi boshlig‘i Maykl Gilmorning hisobotiga tayangan holda.
Hujjatda aytilishicha, samolyotlar kema palubasidan havoga ko‘tarilganda va unga qo‘nishda qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Shuningdek, o‘tochish aslahalarini ko‘chirishda hamda parvozlarni boshqarishni tashkil etishda muammolar paydo bo‘lgan. Bundan tashqari, kemaning havo hujumidan mudofaa tizimida nosozliklar kuzatilgan.
Gilmor qayd etganidek, mazkur kamchilik va nuqsonlar bartaraf etilmasa, aviatashuvchi kemaning jangovar harakatlarda samarali ishtirok etish imkoniyati sezilarli pasayadi.
Yuqoridagi muammolarni bartaraf etish uchun kemaning samolyotlar uchish-qo‘nish yo‘lagini qayta loyihalash talab etiladi. Shu maqsadda, Gilmorning fikricha, «Jyerald R. Ford»ning Amerika harbiy dengiz floti tarkibiga qabul qilinishi 2017 yilgacha ortga suriladi.
SNN telekanaliga ko‘ra, 2009 yildan beri qurilayotgan mazkur kemaning tannarxi 13 mlrd dollar atrofidagi mablag‘ni tashkil etmoqda.