AQSh Oq uyi matbuot kotibi Josh Ernest 25 iyulda AQShning iste'fodagi generali Jon Kempbell Turkiyadagi davlat to‘ntaruviga urinishning tashkilotchilaridan biri bo‘lgani haqidagi maqolalarni inkor qildi.
"General Kempbellga bildirilgan ayblovlar asossizdir va umuman javob berishga arzimaydi", deb aytdi Ernest jurnalistlarga.
Avvalroq Turkiyaning Yeni Safak gazetasi manbalarga iqtibos keltirgan holda, Kempbell go‘yoki isyonchilarga yordam bergani haqida ma'lum qilgan. Jon Kempbell AQShning Afg‘onistondagi kuchlarining sobiq qo‘mondoni va hozirda AQSh shtablari boshliqlari birlashgan qo‘mitasi raisi o‘rinbosari hisoblanadi.