Verizon kompaniyasi Yahoo’ni sotib olayotganini tasdiqladi

Fan-texnika 21:26 / 25.07.2016 4316

AQShning eng yirik provayderi – Verizon telekommunikatsion kompaniyasi Yahoo! internet-kompaniyasini 4,83 mlrd dollarga xarid qilayotganini e'lon qildi.  

Bu haqda Verizon tomonidan tarqatilgan xabarda aytilmoqda. Xabarda ta'kidlanishicha, bitim 2017 yil 1-choragida yopilishi kerak. Bitim oxiriga yetgach, Yahoo! o‘z nomini o‘zgartirib, investitsion kompaniyaga aylanadi va o‘z ortidan Alibaba Group Holdings va Yahoo Japan kompaniyalari aksiyalari paketi va patentlarning bir qismini saqlab qoladi. 

Yahoo! kompaniyasi 1994 yilda tashkil topgan. Ayni vaqtda u AQShda ommabopligi bo‘yicha 3-raqamli qidirish servisiga ega. Bundan tashqari, kompaniya bir qator portallar, jumladan yangiliklar portali va Flickr fotoxostingiga ega.

Ko‘proq yangiliklar: